Orqaga
Al Baqara (152)
فَٱذْكُرُونِىٓ أَذْكُرْكُمْ وَٱشْكُرُوا۟ لِى وَلَا تَكْفُرُونِ
Tarjima:
Bas, Meni yod etingiz, (Men ham) sizlarni yod eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrlik qilmangiz!
Tafsir:

Yaʼni Meni gunoxlaringizga tavba qilish, hojatlaringizni so‘rash, ixlos-eʼtiqod, iltijo va munojot bilan yod etingiz, Men sizlarni kechirim, hojatbarorlik, najot, ijobat ila yod eturman (Md.).

Bu yerda yod etish “zikr” lafzi bilan kelgan. Zikr esa, til bilan va dil bilan bo‘ladi. Tasavvufda ikki xil zikr bo‘lib, biri - jahriy (tovush bilan), ikkinchisi - xafiy (tovushsiz) zikrlardir.

Manba: Shayx Abdulaziz Mansur